Dunyoning eng badavlat milliarderlari ro‘yxati yangilandi

Light 21:47 / 05.03.2017 59652

Bloomberg agentligi dunyoning eng badavlat 500 milliarderi reytingini yangiladi

Unga ko‘ra, milliarderlar reytingidagi birinchi o‘rin Microsoft asoschisi Bill Geytsga (85,6 milliard dollar)nasib etdi. Ikkinchi pog‘onada amerikalik ishbilarmon Uorren Baffet (78,9 milliard dollar) nomi qayd etildi. Uchinchi o‘rinni Amazon rahbari Jyeff Bezos (73,5 milliard dollar) egalladi. 

Shuningdek ilk o‘nlik ro‘yxatiga Ispaniyaning Inditex kompaniyasi sobiq prezidenti Amansio Ortega (69,3 milliard dollar), Facebook asoschisi Mark Tsukerberg (59,1 milliard dollar), meksikalik ishbilarmon Karlos Slim (53 milliard dollar), aka-uka Charlz va Devid Kox (48,1 milliarddan), Oracle korporatsiyasi rahbari Larri Ellison (45,3 milliard dollar) va IKEA asoschisi Ingvar Kamprad (42,9 milliard dollar) kiritilgan. 

Alisher Usmonov (13,9 milliard dollar) mazkur ro‘yxatning 70-pog‘onasidan joy oldi. 

Reyting milliarderlarning ulushi bo‘lgan kompaniyalarning hisobot ma'lumotlari va aksiyalar bahosiga qarab tuzilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: