Qirg‘izistonda yangilangan 50 va 100 somlik kupyura muomalaga kiritildi
1 mart kunidan boshlab Qirg‘iziston Milliy banki yangilangan banknotalarni muomalaga kiritdi. 24.kg nashrida xabar berilishicha, 50 va 100 som nominaldagi kupyuralarning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan.
QR Milliy banki saytida ta'kidlanishicha, bu to‘rtinchi seriya banknotalaridir. Ular klassik usulda ishlangan aniq tasvirlangan portretga ega. Kupyuralarda ishlab chiqarish sanasi - 2016 yil deb ko‘rsatilgan. Milliy valyutaning to‘rtinchi seriyadagi modifikatsiyalangan banknotalari avval muomalada bo‘lgan kupyuralar bilan bir qatorda amalda qo‘llaniladi.
Shuni ta'kidlash joizki, 2017 yilning 1 yanvaridan Qirg‘izistonda 100, 200 va 500 somlik banknotalar muomalaga kiritildi. Eng ko‘p salbiy munosabat bildirilgan kupyura - 200 somlik bo‘ldi. Odamlarning fikricha, undagi shoir Aliqul Osmonovning portreti noaniq tasvirlangan. Milliy bank ayblovlarni inkor qildi.




Mavzuga oid

16:40
Tojikiston va Qirg‘iziston chegara bo‘yicha shartnoma imzoladi, aviaqatnovlarni tiklashga kelishdi

18:01 / 12.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

20:37 / 10.03.2025