Video: Olland nutq so‘zlayotgan vaqtda mergan o‘q uzdi

Fransiyalik politsiya mergani mamlakat prezidenti Fransua Ollandning chiqishi vaqtida tasodifan o‘q uzishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi.
Bu vaqtda janob Olland Fransiya g‘arbidagi Vilonon shahridagi temir yo‘l uchastkasi ochilishi munosabati bilan nutq so‘zlayotgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, marosim hududida bo‘lgan ofitsiant va ishchilardan biri yengil jarohat olgan.
Parisien xabarida aytilishicha, politsiyachi qurol o‘qlanganini tekshirib ko‘rayotganida bu voqea sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
«Umid qilamanki, hech qanday qo‘rqinchli ish sodir bo‘lmagan», — degan Olland o‘q ovozini eshitganida.
Mavzuga oid

10:03 / 08.03.2023
Huquq himoyachilari Belarusda merganlar hibsga olinayotgani haqida xabar berdi

00:34 / 04.10.2017
Las-Vegasda ommaviy qotillik ijro etilgan xonada olingan video paydo bo‘ldi

11:52 / 11.09.2017
OAV: Donbassda jang qilgan rossiyalik ayol Qirg‘iziston Oliy sudi binosiga kirishga urindi

18:36 / 22.06.2017