Google «odam» so‘roviga avstraliyalik deputat suratini namoyish qildi

Fan-texnika 16:24 / 28.02.2017 6048

Google internet qidiruv xizmati «human-odam» so‘zi bilan qidirish buyrug‘i berilganida tasodifan matnga ilova tarzida avstraliyalik deputatning suratini namoyish qildi. Biroq, keyinchalik, dasturchilar ushbu shaxs illyustratsiyasini, , ingliz tilining akademik lug‘atlaridan biriga ham qasddan joylashtirishgan. 

Google xizmati «Human» va «Homo sapiens» so‘zlari bilan qidiruvga berilganda Avstraliya parlamentining a'zosi, inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Tim Uilson (Tim Wilson) suratini taqdim etgan, deb yozadi BuzzFeed.

Aniqlanishicha, suratni joylashtiruvchi algoritmning hisob-kitoblari sababli bu surat mazkur qidiruv uchun namoyish etilgan. Uilson suratini esa, BuzzFeed ma'lumotlariga ko‘ra, robot ushlab olganiga sabab, u birgina — «human» so‘zi bilan izohlangan bo‘lganligidadir. 

Deputatning qidiruv xizmatida bu tarzda joylashtirilgani internetning avstraliyalik foydalanuvchilari orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Google xizmati bu muammoni hal qilishga ulgurdi hamda Uilson suratini olib tashlab, surat joylovchi robot algoritmini o‘zgartirdi. Shu bilan birga, kompaniya xodimlari bu hodisaga hazil bilan yondashishgan. Ular ingliz tilining izohli lug‘atlaridan biri Merriem-Uebsterning «Human» so‘zi sahifasiga avstraliyalik deputat fotosuratini joylashtirishgan va printerdan chiqarib olishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: