Xitoy raketa tashuvchilar texnologiyasi akademiyasi (CALT) 2018 yil oxiriga borib o‘rta yuk tashish quvvatiga ega bo‘lgan yangi avlod "Chanchjen-8" raketa tashuvchisini ishlab chiqaradi. Bu haqda China Daily nashri yozmoqda.
"Markaziy raketa blokiga "Chanchjen-7" va "Chanchjen-3A" texnologiyalari olinadi, qattiq yonilg‘ili tezlatgichlarning diametri 2 metrni tashkil etadi, - deya hikoya qilgan akademiya mutaxassisi. – Uni ishlab chiqishga 3 yilgacha vaqt ketishi mumkin, ammo 2018 yil oxiriga kelib ilk sinov parvozi amalga oshirilishi ehtimol".
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yangi raketa tashuvchi geliosinxron orbitaga 4,5 tonnagacha bo‘lgan yukni olib chiqishi mumkin bo‘ladi. Geosinxron orbitaga esa 2,5 tonna yukni yetkazishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra yangi raketa sun'iy yo‘ldoshlarni uchirish xarajatlarini sezilarli kamaytirishi mumkin.