26 fevralda LG kompaniyasi Barselonada o‘zining yangi G6 smartfonini taqdim qildi.
Kutilganidek, qurilma Snapdragon 821 protsessorida ishlaydi va QHD+ (1440 x 2880 piksel) ko‘rsatish qobiliyatiga ega va burchaklari dumaloqlangan 5,7 dyuymli ekran bilan jihozlangan.
Smartfon yaratuvchilari uning dizayniga alohida e'tibor qaratishgan. Chetki ramkalar kichraytirilishi hisobiga qurilma o‘lchamlari 5,2 dyuymli ekranga ega qurilma o‘lchamlaridan oshmagan va o‘lchamlari 148,9 x 71,9 x 7,9 mm ni tashkil qilgan.
Qurilma ikkita 13 Mp li kamera bilan jihozlangan. O‘z navbatida, 5 Mpli sensorli old kamera 100 graduslik ko‘rish burchagiga ega va bu instagramm uchun kvadrat shaklidagi suratlar olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, smartfon 3300 mA-soat hajmli akkumulyator bilan jihozlangan, Google Assistant aqlli yordamchisi va IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyaga ega. Ma'lum qilinishicha, LG G6 uch xil rang: platina, qora va kulrang korpuslar bilan taklif qilinadi.