Brabus atelesi Jyenevadagi avtosalonda Mercedes-AMG S63 hashamali kabrioleti uchun yangi tyuning-dasturni taqdim qiladi.
Modernizatsiya qilingan model to‘liq nomi Brabus 850 6.0 Biturbo Cabrio kabi yangraydi. Mashina nomidan unga asos sifatida 6 litrli V12 dvigatelli S65 versiya olinganini taxmin qilish mumkin, biroq atele xodimlari 5,5 litrli 8 silindrli dvigatelni 5,9 litrli hajmga keltirishgan.
Bundan tashqari, Brabus’da turbokompressorlar yangisiga almashtirildi. Shuningdek, kattaroq o‘lchamdagi karbon havo to‘plagichlar, yangi chiqindi chiqarish tizimi o‘rnatildi.
Qilingan ishlar natijasida dvigatel quvvati 850 ot kuchigacha oshdi. Bu dvigatel bilan birgalikda 7 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va to‘liq privod tizimi ishlaydi. Modernizatsiyalangan dvigatel ikki tonnalik mashinani 0 dan 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada va maksimal tezlik 350 km/soat ga erishishtiradi.
Brabus, shuningdek, kuzov obvesining bir qator karbon elementlari va yangi g‘ildiraklar hamda salonning keng ko‘lamda personallashtirishni taklif qilmoqda. Misol uchun, intererni qora va qizil charm bilan bezash shular jumlasidandir.