NASA olimlari matbuot konferensiyasida TRAPPIST-1 yulduzi yaqinida Yer hajmiga teng yana yetti sayyora mavjudligini ma'lum qilishdi. Bu haqida bir qator ommaviy axborot vositalarida xabar berildi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ulardan uchtasida yashashga yaroqli sharoit mavjud. Bu uch sayyorada suv ham mavjudligi qayd qilingan.
TRAPPIST-1 yulduzi Yerdan taxminan 39 yorug‘lik yilida, Qovg‘a (Aquarius) yulduzlar turkumida joylashgan.