Barcha yo‘llar uchun mo‘ljallangan "Logan" universal avtomobili taqdim etildi

Fan-texnika 19:39 / 23.02.2017 10771

Dacia kompaniyasi Stepway modellar qatorining yangi modeli – barcha yo‘llar uchun mo‘ljallangan "Logan" universal avtomobilini taqdim qildi. Avtomobilning ilk namoyishi Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Mashina 50 millimetrga kengaytirilgan klirens (174 mm gacha) va bo‘yalmagan plastikdan bezaklari bo‘lgan osma elementlar oldi.  

Plastik bezaklar g‘ildirak arkalarida ham paydo bo‘ldi, old bamperlarda esa "metall rangdagi" bezak elementlari qo‘llangan. Yangi mashinaning yana bir o‘ziga xos jihati, Sandero Stepway uslubidagi "3D-effekt"ga ega o‘rindiqlar koplamasi bo‘ldi. Qolgan tomondan esa "Logan" oddiy universalni takrorlaydi. 

Yevropada model Laureate to‘plami bilan taklif qilinadi, unda navigatsiyali multimedia majmuasi, konditsioner, salonning qisman charm bilan bezalishi, orqani ko‘rish kameralari va toqqa chiqishda yordam beruvchi tizim ko‘zda tutilgan.

Motorlar qatoriga 90 ot kuchiga ega benzinli va dizel motor kiradi. Ikkala dvigatel ham 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi.

Rossiya bozorida Ruminiyaning Dacia markasi modellari Renault brendi ostida taklif qilinadi, biroq Logan universali Largus nomi bilan sotiladi. Avtomobil birinchi avloddagi Dacia Logan universali bazasida qurilgan.

Ko‘proq yangiliklar: