Rossiyada Mercedes-Benz kompaniyasining g‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarish sanoatini yaratish va o‘zlashtirish bo‘yicha maxsus investitsion shartnoma imzolandi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. Avtomobillar "Yesipovo" sanoat parki hududida ishlab chiqariladi.
Shartnoma Rossiya hukumati, "Mersedes-Bents Rus" AJ, Moskva viloyati rahbariyati, "Daymler AG", "KamAZ", "Daymler KamAZ Rus" va "Mersedes-Bents Manufekchuring Rus" kompaniyalari vakillari o‘rtasida imzolandi.
Shartnomada premium-segmentdagi yengil avtomobillar va yo‘ltanlamaslarni ishlab chiqarishning to‘liq siklini yaratish, jumladan payvandlash, bo‘yash, avtomobillarni yig‘ish, logistik operatsiyalar zanjirini bajarish kabi texnologik operatsiyalarni mahalliylashtirish nazarda tutilgan.
Shartnomaga ko‘ra, investor loyihaga 15 mlrd rubl kiritadi. Yangi ishlab chiqarish 2019 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan, zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 20 ming avtomobilni tashkil qiladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida mingdan ko‘proq ish o‘rni yaratiladi.
Bunga javoban Mercedes-Benz uchun imtiyozli soliq tartibi yaratiladi va davlat ko‘magi ko‘rsatiladi.
Moskva viloyatida quriladigan zavodda nemis kompaniyasining S, E, ML, GL va A seriyadagi 5 ta yengil modeli ishlab chiqarilishi mo‘ljallanmoqda.