Range Rover oilasi to‘rt modelga qadar kengayadi

Fan-texnika 18:41 / 22.02.2017 6629

Land Rover kompaniyasi Range Rover Velar nomiga ega bo‘lgan yangi yo‘ltanlamasning ilk tasvirini ko‘rsatdi. Modelning rasmiy premerasi 1 mart kuni bo‘lib o‘tadi, Jyenevadagi avtosalonda esa keng ommaga taqdim etiladi.

Yangilik Britaniya avtomobil ishlab chiqaruvchisining seriyasidagi Range Rover Evoque va Range Rover Sport o‘rtasidagi oraliqni to‘ldiradi. Yo‘ltanlamas haqida hech qanday texnik tafsilotlar keltirilmagan.

Land Rover’dan xabar berishlaricha, Velar nomi birinchi avloddagi Range Rover sinov nusxalari sharafiga tanlangan – ular aynan shunday nomga ega bo‘lgan.

2016 yilning yozida Land Rover kompaniyasi 2017 yilda Range Rover “oilasi”ni kengaytirishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda yangilik xaridorlar uchun BMW X6 va Mercedes-Benz GLE Coupe bilan birgalikda kurash olib borishi xabar qilingan.

Kutilishicha, Range Rover Velar Jaguar F-Pace negizida quriladi. Yangilik motor gammasi Ingenium oilasidagi to‘rt silindrli dvigatellar, shuningdek V6 benzin va dizel agregatlaridan tashkil topadi.

Ko‘proq yangiliklar: