BMW top-menejyeri dunyodagi eng yaxshi mashinalar Mercedes-Benz tomonidan chiqarilishi haqida hech qachon gapirmasligi aniq, va aksincha. Shuning uchun avtomobilsozlik korxonalari egalari o‘z kompaniyalari mashinalarida yuradi. Biroq, ma'lum bo‘lishicha, bunday holat har doim ham kuzatilmaydi. Biz internetdan avtokompaniyalarning xo‘jayinlari boshqa firmalar tomonidan chiqarilgan mashinalarda yurgani bilan bog‘liq bir necha misollarni topdik. Quyida ularning e'tiboringizga havola qilamiz.
Goratsio Pagani | Pagani Automobili | Ferrari F12tdf
Goratsio Pagani boshqa avtomobillarni xarid qilishi biroz tushunarsiz tuyuladi, sababi unga tegishli bo‘lgan kompaniya dunyodagi eng yaxshi superkarlarni chiqaradi. Biroq, agarda Goratsio haqiqiy petrolxed bo‘lganida, uning kompaniyasi hech qachon Zonda va Huayra kabi “dahshatli” mashinalarni taqdim etmagan bo‘lardi. Aynan shu sababdan u yaqinda Ferrari F12tdf’ni sotib oldi. Bu 780 ot kuchiga ega bo‘lgan kupe bo‘lib, atigi 799 nusxada chiqarilgan. Shu bilan bir qatorda, Paganining mashinasi Tailor-made bo‘linmasi tomonidan yaratildi, u esa mijozlar xohishidan kelib chiqib noyob nusxalar yaratishga ixtisoslashgan.
Goratsio Pagani | Pagani Automobili | Porsche 911 R
Goratsio Paganining yana bir sevimli mashinasi – Porsche’dir. Aytishlaricha, unda Carrera GT, 918 Spyder va Cayman GT4 bor (yoki bo‘lgan), yaqinda esa u tarixdagi eng yengil 911talik – 1370 kilogrammli 911 R’ning egasiga aylandi. Pagani chiqishga tayyorlab qo‘yilgan 991dan birini olib ketish uchun Porsche dileriga shaxsan keldi.
Ferdinand Pix | Volkswagen | Ferrari LaFerrari
Yana bir avtosanoatchi Ferdinand Pix 2015 yilning apreliga qadar shunday katta kompaniyani boshqarganki, uning rahbari uchun boshqa firmalar avtomobillarida yurish bir qadar “uyatli” edi – u Volkswagen konserniga rahbarlik qilgan. Shunga qaramay Pix Ferrari LaFerrari nusxalaridan biriga egalik qilgan.
Ferdinand Pix | Volkswagen | Ferrari F12berlinetta
AutoGespot’ning ta'kidlashicha, Pix nafaqat LaFerrari’ni xarid qilgan, balki F12berlinetta’ni ham sotib olgan. Ma'lum bo‘lishicha, Volkswagen sobiq rahbarining avtomobilini topib olish u qadar murakkab emas: unga tegishli mashinalarning ro‘yxat belgilarida har doim SULA indeksi bo‘lgan.
Ilon Mask | Tesla Inc. | Audi Q7
2012 yilda Tesla kompaniyasi butun dunyo hayratiga sabab bo‘lgan modelni chiqara boshladi - Model S liftbeki. Biroq shunga qaramay, Tesla rahbari Ilon Mask Audi Q7’ni xarid qildi. Business Insider’ning yozishicha, Mask aynan shu model tufayli Model X uchun “lochin qanotlari” eshigi g‘oyasini o‘ylab topgan – u o‘rindiqlarning uchinchi qatoridan chiqish imkonini beruvchi konstruksiyani qidirgan.
Ilon Mask | Tesla Inc. | Porsche 911
Maskda Model S debyut qilgan yilda yana bir mashina bo‘lgan – bu Porsche 911. Avtomobil Forbes jurnalistlari tomonidan payqalgan. Ilonga sportkarning qanday nusxasi tegishli bo‘lgani ochiqlanmagan.
Devid Vudxaus | Lincoln | Tesla Model X
2016 yilning aprelida Lincoln bosh dizayneri Tesla’ning elektr yo‘ltanlamasi Model X’da yurishi ma'lum bo‘ldi. Aslida ushbu mashinani Ford (Lincoln’ga tegishli bo‘lgan) kompaniyasi sotib olgan. Shunisi qiziqki, avtomobil qo‘ldan sotib olingan va yo‘ltanlamas uchun 55 ming dollar ko‘proq to‘langan.
AvtoVAZ | Infiniti, Nissan, Audi, Chevrolet
«AvtoVAZ» unchalik qimmat bo‘lmagan mashinalar chiqaradi – bu hammaga yaxshi ma'lum. Biroq bu zavod rahbariyati aynan shunday avtomobillarda yurishi kerak, degani emasku? Ular har holda yoshi katta va jiddiy insonlar. Voljskiydagi avtozavodga Bu Andersson rahbar etib tayinlangach, top-menejyerlarda bo‘lgan oltita Infiniti QX56, Nissan Patrol, Nissan Teana, Chevrolet Tahoe va Audi A8’ni ko‘rib, ularni sotish hamda barcha top-menejmentga o‘zlari chiqaradigan mashinalardan berish haqida qaror qildi. Ming afsuski, Buning «AvtoVAZ»dagi tarixi u qadar uzoqqa cho‘zilmadi.