AQShning haydovchilikka o‘rgatuvchi maktabi Team O’Neil o‘rmondagi qor bilan qoplangan yo‘l bo‘ylab drift qilayotgan BMW E30 ortidan unga bog‘langan arqonni ushlab ketayotgan chang‘ichi videosini o‘zining YouTube-kanalida joylashtirdi. Videoda qishki haydovchilik kurslaridan o‘tish reklama qilingan.
Hozirda ralli maktabi old va to‘liq privodli avtomobillarda qishki haydovchilikka hamda Ford Focus RS mashinasida poyga yo‘li bo‘ylab haydashga o‘qitishning bir necha variantlarini taklif qilmoqda. Bazaviy kursning narxi 499 dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, maktabda snegoxodni (qorda yurishga mo‘ljallangan transport vositasi) boshqarish ham o‘rgatiladi.
"Fokus" mashinasida poygachilarga xos mashina haydashga o‘rgatish kursi 2,4 ming dollarni tashkil qiladi. Mashinada chap oyoq bilan tormozlash, turli murakkablikdagi burilishlardan turli tezliklarda o‘tish, orqa va to‘liq privodda yurishning o‘ziga xos tomonlari hamda poygachilarga xos turli haydash texnikalari o‘rgatiladi.
Maktab mashg‘ulotlari Nyu-Gempshir shtatidagi Dalton shahrida o‘tkaziladi.