"Olma" korporatsiyasi ijtimoiy tarmoq joylashgan domenni sotib oldi. Shu sababli asoschilar tarmoqni yopishga muvaffaq bo‘lishdi.
Kupertino dasturchilari bulutli xizmatga bog‘liq bo‘lgan so‘nggi qismlardan biri — iCloud.net domen nomini o‘zlashtirishdi. Bu haqida TechCrunch xabar beradi.
Apple diqqatga sazovor domenni sotib olish uchun besh yildan ortiq vaqt sarfladi.
Endilikda saytga kirish chog‘ida iCloud.net ijtimoiy tarmog‘i 2017 yilning fevraligacha yopiq bo‘lishi haqida xabar chiqadi. Dasturchilar barcha foydalanuvchilardan o‘z akkauntlarini mustaqil o‘chirib chiqishini so‘ramoqda, aks holda bu avtomatik tarzda sodir bo‘ladi.
Xitoy ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Tong Li sayt ishi to‘xtatilgani haqida quyidagicha izoh berdi: "Ha, biz iCloud.net tarmog‘ini yopishga qaror qildik va barcha xizmatlarimizni to‘xtatdik. Biz 2011 yildan beri ijtimoiy xizmatni bajarib kelamiz. Ammo endi iCloud.net o‘z vazifasini yakunlaydi, uning iste'foga chiqadigan vaqti keldi", — deydi Li.