Shaxsiy yozishmalar uchun yaratilgan «Ok Xabarlar» mobil ilovasi iOS va Android platformalarida ishga tushirilgandan buyon 1 milliondan ziyod mobil qurilmaga o‘rnatildi. “AppAnnie” ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshida messenjer Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarning eng ko‘p ko‘chirilgan 5 iOS-ilovalari qatoridan o‘rin oldi.
«Ok Xabarlar» ilovasini 1 millionga yaqin Android platformasida ishlovchi smartfonlar egalari va 300 mingdan ortiq iOS platformasida ishlovchi mobil uskunalar eglari o‘rnatishgan. Ilovaning faol foydalanuvchilari bu - rusiy zabon auditoriyasi ko‘p bo‘lgan Rossiya, Ukraina va Germaniya kabi mamlakatlardandir.
Ilova o‘rnatilishining katta qismi rossiyalik foydalanuvchilarga, shundan 26,5 foiz Android qurilmalariga va 47 foiz iOS qurilmalariga to‘g‘ri keladi. MDH mamlkatlarida ilovani Ukraina va Ozarbayjon mamlakatlaridagi foydalanuvchilar ko‘proq o‘rnatishgan. Germaniya esa Android qurilmalariga o‘rnatish bo‘yicha uchinchi va iOS qurilmalariga o‘rnatish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallamoqda.
Ilovani o‘rnatgan foydalanuvchilar ijtimoiy tizimning mobil ko‘rinishidan foydalangandan ko‘ra to‘rt marotaba ko‘proq xabaralar jo‘natmoqdalar. Ikkala platformada bir oy davomida umumiy 55 million xabarlar jo‘natilmoqda. Yozishmalarda matndan tashqari foydalanuvchilar video, audio va rasmli xabarlarni ko‘proq jo‘natmoqdalar.
«OK Xabarlar» ilovasi 2016 yilning noyabr oyida to‘rt mamlakatda — Qozog‘iston, Belarus, Ukraina va Moldovada eng ko‘r o‘rnatilgan iOS ilovaga aylangan edi.