Disney olimlari gadjyetlarni quvvatlash uchun alyuminiyli xonani ixtiro qilishdi

Fan-texnika 18:05 / 21.02.2017 5225

Yaqinda PLOS ONE ilmiy jurnalida e'lon qilingan Quasistatic Cavity Resonance for Ubiquitous Wireless Power maqolasida Disney Research olimlarining ajoyib ixtirosi haqida so‘z boradi. U gadjyetlarni quvvatlash borasida hozirda mavjud usulni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. 

Unga ko‘ra, xona o‘rtasida joylashgan mis ustundan elektromagnit signali taraladi. Devorlarga qoplangan maxsus alyuminiy qoplama 1900 Vtgacha bo‘lgan quvvatni xavfsiz ravishda o‘zida saqlab qola oladi. 

Quvvatlash xonasidan foydalanish xavfsizdir, faqatgina insonlar mis ustunga 60 smdan yaqinlashmasligi kerak. 

Hozircha, bu kabi qurilmalardan seriyali ishlab chiqariladigan namunalari mavjud emas. 

Ko‘proq yangiliklar: