Yangi ixtiro: konfetlarni saralovchi mashina

Gollandiyalik talaba Uillem Pennings (Willem Pennings) M&M’s va Skittles kabi konfetlarni rangi bo‘yicha saralaydigan mashina yasadi. Muallif ixtiro haqida o‘z blogida xabar berdi.
Pennings mashinani yasashda 2013 yilda yasalgan shunga o‘xshash agregatdan ilhom oldi. Qurilma Arduino taxtasi, dvigatel va ranglarni aniqlash uchun RGB-sensoridan iborat. Korpus yog‘ochlardan tayyorlangan, mexanizm qismlari 3D printerida yaratildi. Mashina bir soniyada ikkita konfetni saralab bera oladi. 300 gramm qiymatidagi shokolad donalarini saralashi uchun esa unga taxminan 3 daqiqa kifoya.
Ijodkorning fikricha, u o‘z loyihasi ustida 2016 yilning may oyidan ishlashni boshlagan va dekabrda tamomlagan. Mashinani yig‘ish uchun u 500 yevro mablag‘ sarflagan.
Mavzuga oid

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

12:07 / 22.02.2025
Yaponiyalik olimlar hidlarni aniqlay oladigan dron yaratdi

15:15 / 19.02.2025
Olimlar hayvonlarning hissiyotlarini aniqlaydigan sun’iy intellekt yaratdi

15:00 / 15.02.2025