113 ming yevrolik mashina omma oldida bir necha qismlarga bo‘lib tashlandi 

Fan-texnika 14:13 / 21.02.2017 16261

Germaniyada yangi avloddagi Porsche Panamera xetchbeki omma oldida bir necha qismga bo‘lib tashlandi. Avtomobilda o‘t o‘chirish xizmati xodimlari YTHda jabrlanganlarni qutqarish bo‘yicha harakatlarini mashq qilishgan.

Bunday noodatiy “tomosha” Nyurnberg shahrida bo‘lib o‘tgan. «Porshe» kompaniyasi seriyadan avvalgi partiyadan olingan hamda tajribaga mo‘ljallangan avtomobilni taqdim etgan.

O‘t o‘chiruvchilar ishlab chiqaruvchi tomonidan tuzilgan maxsus “qutqaruv sxemasi”da harakat qilishgan, u tezkor xizmatlarga avtomobildan falokatda jabrlanganlarni maksimal darajada tez, samarali va xavfsiz chiqarib olishda yordam beradi.

2013 yilda «Mersedes» o‘z avtomobillarida maxsus QR-kodlarini joylashtira boshladi, uni skanerdan o‘tkazish chog‘ida avtomobil tuzilishi haqida batafsil ma'lumot taqdim etiladi.

Xususan, ma'lumotlar ichida xavfsizlik yostiqlari, akkumulyator, benzobak, elektr simlari, yuqori bosim ostidagi elementlar, shuningdek, gibridlarda yuqori bosimli kabellarning joylashganiga oydinlik kiritilgan. Bu ma'lumot qutqaruv xizmatlariga YTH vaqtida jabrlanganlarni mashinadan chiqarib olishda qo‘l keladi.

Autorambler’ning aniqlik kiritishicha, «Panamera» Yevropada kamida 113 ming yevro turadi.

Ko‘proq yangiliklar: