Video: Mourino o‘z jamoasiga urilgan goldan hayratga tushdi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Kubogining nimchorak finali doirasida «Blekbern Rovers»ga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Blekbern» anchagina yaxshi o‘yin namoyish qildi, ular bizni mehnat qilishga majbur eta olishdi, bu bilan ularni tabriklashim mumkin. Ular xushchaqchaq kayfiyatda o‘yin o‘tkazishdi. Ularda yaxshi futbolchilar bor, agar biz o‘yinga noto‘g‘ri yondashganimizda, biz g‘alabaga erisha olmasdik ham.
Agar ular Chempionshipda ham shunday barqaror o‘yin namoyish etishsa, turnirdan chiqib ketishmaydi. Ularning bizga urgan goli shunchaki hayratlanarli gol edi. Juda hayratlanardi! Zarba ham, to‘pning harakati ham risolalardagidek chiqdi», — deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan BBC.
Mavzuga oid

12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu

08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi

23:01 / 25.03.2019
Mourino Chempionlar Ligasi finalchilarini taxmin qildi

19:16 / 15.07.2017