LG Electronics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Smart TV webOS 3.5 plat-formasining eng yangi xavfsizlik menejyeri UL kompaniyasi tomonidan sertifikatlashtirildi. UL xavfsizlik va barqaror taraqqiyot bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Bu esa kompyuter xavfsizligi sohasida samarali imkoniyatlarning isboti bo‘lib, Smart TV toifasidagi birinchi voqelikdir. LG «aqlli televideniye» borasidagi yutuqlaridan kelib chiqib, barcha mahsulotlari, xususan «aqlli uy», «aqlli uy xavfsizligi» va turar joy avtomatizatsiyasi kabi-larni birdek shunday tizimlar bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda.
UL kompaniyasi kompyuter xavfsizligini ta'minlash dasturi (CAP) 2900-1 doi-rasida webOS 3.5 xavfsizlik menejyerini zararli dasturlar va zaif tomonlari-ga egaligi jihatidan sinab ko‘rgan. Bundan tashqari, foydalanuvchilarning shax-siy ma'lumotlarini muhofaza qilishga yordam beruvchi xavfsizlikni boshqarish vositalari va dasturiy yetishmovchiliklar ham testdan o‘tkazilgan. UL webOS 3.5 himoyasining har bir darajasini, CWE/SANS ro‘yxatiga kiruvchi eng xavfli zaifliklar, tizim va ilovalarning sozlamalar markazidagi ushbu dastur plat-formasiga nisbatan, virtual tarmoqqa kirish va hujum qilishning turli usul-laridan foydalangan holda sinab ko‘rgan. LG webOS 3.5 xavfsizlik menejyeri-ning ushbu toifalarga mos kelish darajasi «Internet jihozlari» konsepsiyasi-ni qo‘llovchi va o‘zaro aloqada bo‘lgan bir nechta xo‘jalik uskunalar uchun poyde-vorni barpo etadi.
UL kompaniyasining 2900-1 sinovi ilovalar xavfsizligi, autentifikatsiya ja-rayoni orqali ma'lumotlarni olish jarayonining xavfsizligi, xizmat tartibi-ning buzib kirilishi va dasturiy ta'minotni soxtalashtirishni baholaydi. UL 2900-1 standarti xususida qo‘shimcha ma'lumotni quyidagi manzil orqali bilib olishingiz mumkin: https://standardscatalog.ul.com/standards/en/outline_2900-1_2. Bundan tashqari, UL 2900-1 sertifikatlashini olgan Smart TV platformasi bo‘lgan webOS 3.5, shuningdek, Smart TV ilovalaridagi raqamli huquqlarni boshqarish imkoniyati uchun ham sertifikatlashtirilgan.
«Bizning webOS platformamiz xavfsizlikni ta'minlashga asosiy e'tibor qaratilgan holda ishlab chiqilgan. Raqamli xavfsizlikni sinash va sertifikat-lash sohasida obro‘li hisoblangan UL kompaniyasi bizning sa'y-harakatlarimizni yuqori baholaganidan mamnunmiz, — deydi LG Home Enter-tainment kompaniyasi katta vitse-prezidenti, tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limi rahbari, D.X. Vang. —«Aqlli televizorlar»dan qanchalik ko‘p kishi foydala-nishni boshlaganlari va ularning boshqa qurilmalarga ulanish imkoniyati ken-gaygani sari ma'lumotlarni muhofaza qilish masalasi tobora dolzarb tus ola boshlaydi. Smart TV sohasida qulay platformalardan biri hisoblanuvchi LG webOS dasturiy ta'minoti bu borada yanada yuksak maqsadlarni qo‘yadi».
# # #
LG Electronics, Inc kompaniyasi haqida
LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) iste'mol elektronikasi, mobil aloqa va xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarish sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi, uning dunyo bo‘ylab 125 mamlakatdagi korxonalarida ishlov-chilar soni 77 000 kishini tashkil etadi. 2016 yilda savdo hajmi 47,9 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. LG kompaniyasi to‘rtta bo‘lim ― Home Appliance & Air Solutions, Mobile Communications, Home Entertainment va Vehicle Components bo‘limlaridan iborat bo‘lib, yassi ekranli televizorlar, mobil qurilmalar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari va muzlatkichlar ishlab chiqish borasida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. LG Electronics 2016 yilda ENERGY STAR dasturi doirasida «Yil hamkori» deb tan olindi. LG Electronics kompaniyasi haqidagi qo‘shimcha ma'lumotlar va yangiliklar bilan www.LGnewsroom.com saytida tanishishingiz mumkin.
LG Electronics Home Entertainment
LG Electronics Home Entertainment televizorlar, audio- va videotizimlar, monitorlar, shaxsiy kompyuterlar, raqamli va tijoriy displeylar ishlab chiqarishda jahondagi yetakchi kompaniyadir. Kompaniya OLED-televizorlar kabi innovatorlik mahsulotini ishlab chiqarish bilan televizorlar sohasida yangi yo‘nalishga asos soldi va mijozlarga aqlli televizorlarning barcha ustunliklaridan bahra olishga imkon beradigan amaliy tizimni hayotga tatbiq etdi. LG kompaniyasi mijozlarining hayotini o‘zining mukofotlarga sazovor bo‘lgan 4K OLED, ULTRA HD televizorlari va WebOS televizorlari yordamida yaxshilash uchun intilmoqda. Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun www.LG.com saytiga tashrif buyuring.
Reklama huquqi asosida.