Xitoy quvvati 1 eksaflops bo‘lgan kompyuterni qachon ishlab chiqishi ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 10:22 / 20.02.2017 7136

Xitoylik mutaxassislar 2018 yilga qadar yangi, o‘ta kuchli kompyuterni yaratishmoqchi. U 1 eksaflops (soniyasiga suzib yuruvchi vergul bilan kvintilon (18-darajadagi 10 amaliyot)ga teng bo‘ladi. Bu haqda China Daily gazetasi Shimoliy Xitoyning Tyantszin shahrida joylashgan superkompyuterlar davlat markaziga asosan xabar berdi.

Ma'lumot uchun, eksaflops — soniyasiga 1 000 000 000 000 000 000 (million trillionlar yoki kvintillion) hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘lib, jahonning ko‘plab davlatlari o‘z superkompyuterlari bu tezlikka erishishi uchun anchadan beri izlanishlar olib boradi. 

Loyiha rahbari Men Syanfeyning so‘zlariga ko‘ra, Tianhe-3 nomli ishlanma “barcha nusxalarni ortda qoldirgan holda dunyodagi eng kuchli kompyuter” bo‘ladi. U TOP500 talqiniga ko‘ra 2016 yilning noyabrida eng kuchli kompyuter deb ma'lum qilingan - Sunway TaihuLight’dan o‘n marotaba tezroq va kuchliroq bo‘ladi.

“Xitoy joriy yilda bu yo‘nalishda katta yangilik qilmoqchi. Natijada eksaflops quvvatiga teng bo‘luvchi o‘ta kuchli mashina prototipi yaratiladi. Biz kompyuterlar ishlab chiqarishning yangi davri ostonasida turibmiz. Bu Xitoyga ilmiy muammolarni tezroq va yanada aniqroq hal etish imkonini beradi”, - deya ma'lum qildi olim.

Xususan, ushbu mashinani gen muhandisligida tuzilmalar va oqsillar joylashuvi ketma-ketligini tahlil qilish maqsadida ishlatish rejalashtirilmoqda. “Taxminlarga ko‘ra, bu kompyuter yordamida tibbiyot sohasida ko‘plab yangi ixtirolar qilinadi”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Men Syanfey.

Yangilik faqatgina milliy texnologiyalar asosida yaratilmoqda hamda 2020 yilga qadar loyiha rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi. Xitoylik mutaxassislarning bildirishicha, bu amerikalik olimlar jahonga o‘zlarining tezligi 1 eksaflops bo‘lgan kompyuterlari yakuniy nusxasini taqdim etishlaridan ancha avvalroq sodir bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: