Google va Microsoft Buyuk Britaniya qidiruv xizmatida qaroqchi saytlarni kamaytiradi

Fan-texnika 22:51 / 20.02.2017 3079

Google va Bing (Microsoft mahsuloti) qidiruv tizimlari Buyuk Britaniyadagi qidiruv tizimida qaroqchi kontentli saytlarni kamaytiradi. The Guardian ma'lumotiga ko‘ra, kompaniyalar Britaniya hukumati bilan shu mavzuda kelishuv imzolagan. 

AT-kompaniyalar tomonidan ko‘rilgan choralar qaroqchi film va musiqalar, shuningdek sport musobaqalarini noqonuniy translyatsiya qiluvchi saytlar qidiruvlarini qiyinlashtiradi.

Bu texnik kompaniya va huquq egalari o‘rtasidagi birinchi shunday bitim. Kodeks 2017 yilning 1 iyunidan kuchga kiradi. 

Kodeks Britaniyaning Intellektual mulk boshqarmasi hamda Madaniyat, media va sport departamentining qo‘llab-quvvatlashi ostida AT-kompaniyalar va huquq egalari tomonidan ishlab chiqilgan. 

Yangi tashabbus bugungi kunda mamlakatda yo‘lga qo‘yilgan aksilqaroqchi chora-tadbirlar bilan parallel ravishda amalga oshiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: