Bolalarga chet tilini o‘rgatishning dunyoda qo‘llanilmagan usuli O‘zbekistonda kashf etildi

Jamiyat 16:40 / 20.02.2017 32698

2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Prezidentining PQ-1875 sonli “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qator hayrli tadbirlar qatorida ingliz tilini samarali o‘rganishga mo‘ljallangan «Yetti ertak» kashfiyot deb atashga arzigulik loyihasi «Nihol» nashriyoti tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya fakulteti bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umidli deb topildi. Ushbu loyiha mevasi bo‘lgan haftaning har bir kuni uchun bir mo‘'jazgina ertakni ham o‘zbek, rus va ingliz tilidagi variantlarini o‘qish, har uch tilda mahoratli aktyorlar tomonidan ovozlashtirilgan variantlarini tinglash imkonini beradi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti dekani Iroda Jurayeva ma'lum qilmoqda.

Bu ertaklarning audio varianti loyihaning dastlabki bosqichida diskda jamlangan bo‘lib, bolalarga bu kitob har kun chet tilida bittadan ertak o‘qib, undagi har bir so‘z, jumlani tinglash, ularni o‘z ona tilisidagi variant bilan solishtirish, chet tilida talaffuz qilishni o‘rganish, umuman chet tilining barcha ko‘nikmalariga butunlay moslashish imkoniyatini beradi. Loyihaning keyingi bosqichlarida kitobning audiosini tinglash uchun mo‘ljallangan so‘zlovchi elektron ruchka qurilmasi bilan ta'minlanishi ko‘zda tutilmoqda, bu borada Xitoyda tegishli tashkilot bilan kelishuvlar amalga oshirildi. G‘oya muallifi To‘lqin Nurmuhammad bolalarning chet tilini tez va puxta o‘rganishlari uchun mazkur g‘oyani ilgari surib, ertaklarning ingliz tiliga o‘quv va metodik jihatdan samarali tarjima qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Stipendiyasi va “O‘zbekiston Belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori bo‘lgan Hafiza Allanazarovani jalb etdi.

Bu loyiha juda ko‘p xususiyatlari bilan dunyoda birinchi marta amalga oshirilgan hisoblanadi:

1. Loyihada sehrgarlik, bolalar ongiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmaydigan sevgi muhabbat va boshqa qator mavzulardan yiroq ertak qahramonlarining xatolaridan xulosa chiqarish, yaxshi xislatlaridan o‘rnak olishni bolalar ongiga singdiruvchi ertaklar o‘rin olgan.

2. Har haftalik ertaklar turkumi qaysidir xalq ertaklarini o‘z ichiga oladi, bu esa bolalarimizga turli millatlarga bag‘rikeng bo‘lib o‘sishida yordam beradi.

3. Kuniga 3 tilda bittadan mo‘jaz va ahloqiy rivojlanishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan ertaklarni tinglash va o‘qish bu tillarga kuniga uzluksiz ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lish, ijobiy mavzudagi ertaklar bolalarimizning ongida ahloqni buzuvchi har xil yot g‘oyalarga qarshi kunlik immunitet bilan o‘sishiga imkon beradi. Kitobning har sahifasida yod olish uchun lug‘at so‘zlari ham mavjud.

4. Ba'zi o‘qishni xush ko‘rmaydigan bolalarimizni ertakni o‘qishga ilhomlantirish va ertak voqealariga qiziqtirish maqsadida har bir kunlik ertak sahifasida bo‘yash uchun ajratilgan rasmlar ham berilgan.

5. Audio disk tufayli kitob kunlik tashvishlar bilan ovora va farzandlariga ertak o‘qib berish uchun har kuni vaqt topa olmaydigan ota-onalar tufayli yuzaga keladigan bo‘shliqni to‘ldirib boradi.

6. Loyihaning keyingi bosqichida ko‘zda tutilgan elektron ruchka hali chet tillarini bolalarga o‘rgatishda bu kabi tarbiyaviy ertaklar uchun hali qo‘llanilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: