Kiberhujumlar bo‘yicha qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?

Fan-texnika 19:22 / 19.02.2017 19304

2016 yilning to‘rtinchi choragida kiberhujumlar eng ko‘p AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya hududidan amalga oshirilgan. Akamai internet-kompaniyasi olib borgan tadqiqotlar shunday natija ko‘rsatdi. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi. 

2016 yilning oxirgi choragida kiberhujumlar umumiy sonining kamayishi fonida DDoS-hujumlar amalga oshirilgan IP-manzillar soni sezilarli darajada ko‘paygan. 

"DDoS-hujumlar amalga oshirilgan asosiy mamlakatlar AQSh (24 foiz), Buyuk Britaniya (10 foiz) va Germaniya (7 foiz) hisoblanadi", - deyiladi hisobotda. To‘rtinchi o‘rinda - Xitoy (6,2 foiz), beshinchi o‘rinda esa Rossiya (4,4 foiz) qayd etilgan. 

Tadqiqotda 2016 yilning ilk uch choragi statistikasi ham keltirilgan. Unda birinchi o‘rinni Xitoy, ikkinchi o‘rinni AQSh va uchinchi o‘rinni Turkiya, Tayvan hamda Buyuk Britaniya  egallagan. 

Ko‘proq yangiliklar: