Fotofakt! «Paxtakor»ga savol: Igor Sergeyev aslida Nurilloyevmi?
Turkiyada o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Tulaning «Arsenal»jamoasiga qarshi maydonga tushgan «Paxtakor» jamoasi navbatdagi kulgili voqea sababchisi bo‘lib qoldi. Tribuna.uz sayti ushbu uchrashuvdagi vaziyatga e'tibor qaratgan.
Ushbu uchrashuv tasvirlarida ko‘rish mumkinki, «Paxtakor» tarkibida maydonga tushgan Igor Sergeyevga noma'lum sababga ko‘ra, butunlay boshqa futbolchi libosida maydonga chiqqan. Ma'lumot uchun, toshkentliklar jamoasida 13-raqamli futbolka aslida Suhrob Nurilloyevga tegishli hisoblanadi.
Bu hodisaga nima sabab bo‘lgan, bu shunchaki e'tiborsizlikmi, yoki kiyim topilmay qolganmi, hozircha ma'lum emas.
Eslatib o‘tamiz, bir necha yillar muqaddam O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘rtoqlik uchrashuvlarining birida ikki nafar 6-raqamli futbolchini maydonga tushirgan, bu internet tarmog‘i foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchragandi.
Mavzuga oid

03:09
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

02:13 / 18.02.2025
«Paxtakor» - Elit OChL 1/8 finalida

21:13 / 17.02.2025