Granturizmo toifali superkar – 812 Superfast – Ferrari kompaniyasining eng kuchli avtomobili hisoblanadi. Bangkok Post shu haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi.
Manbada ta'kidlanishicha, yangi superkar misli ko‘rilmagan qudrati bilan ajralib turadi. Mashina 6,5 litr, 12 silindrli dvigatel bilan ta'minlangan. U 800 ot kuchiga teng. Shuningdek Ferrari 812 Superfast ikki changalli robotlashtirilgan uzatish qutisiga ega.
Avtombil atigi 2,9 soniyada 100 km/s'gacha tezlashishi mumkin, uning maksimal tezligi - 340 km/s.
Avtomobil shuningdek Side Slip Control modernizatsiyalashgan tizimi, to‘liq LED faralarga ega.
Superkar premerasi joriy yilning martida Jyeneva avtosaloni doirasida bo‘lib o‘tadi.