Turkiya Bundesverni Raqqani ozod qilishda ishtirok etishga taklif qildi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Germaniyaning Dyusseldorf shahrida hamyurtlari oldidagi nutqida Fathulla Gulen terrorchilik oqimi tarafdorlari qayerda bo‘lishlariga qaramasdan, aniqlanib, qonun oldida javob berishlarini aytdi.
Yildirimning aytishicha, Turkiya hozirda AQShning Pensilvaniya shtatida yashayotgan Gulenning ekstraditsiya qilinishiga muvaffaq bo‘ladi.
Uning aytishicha, ayrim kuchlar Turkiyaning terrorchilikka qarshi kurash borasidagi muvaffaqiyatlaridan norozi bo‘lishlari mumkin. "Biroq ishontirib aytishim mumkin, Anqara belgilagan yo‘lidan og‘ishmaydi. Biz hech kimning maslahatiga muhtojmasmiz. Turkiya qo‘rqitish mumkin bo‘lgan davlat emas", deb aytgan Turkiya bosh vaziri.
Yildirimning ta'kidlashicha, terrorchilik homiylari tomonidan avj oldirilayotgan alanga bir kun ularning o‘zlariga pand beradi.
Yildirim Anqaraning Raqqa shahrini jangarilardan ozod qilish tashabbusi borasida, Turkiya va AQSh qurolli kuchlari IShIDga qarshi janglarda bevosita ishtirok etmasligini, biroq Suriya ozodlik armiyasi otryadlariga va mahalliy kuchlarga yordam berishini aytgan.
Yildirim Germaniya kansleri Angela Merkel bilan suhbatda Germaniyaga mamlakat qurolli kuchlari – Bundesverni Raqqani ozod qilish operatsiyasiga qo‘shishni taklif qilgan.
Mavzuga oid

13:25 / 18.02.2025
Litva Bundesver bazasini qurish uchun yordam so‘radi

11:30 / 05.12.2024
Boltiq dengizidagi RF kemasi ekipaji Bundesver vertolyotini o‘qqa tutdi

14:57 / 14.09.2024
Litvada Bundesver qo‘shinlarini joylashtirish to‘g‘risida bitim imzolandi

11:10 / 29.06.2023