Bir yil avval Germaniyaning Augsburg shahrida o‘z mobil qurilmalarining ekraniga tikilib, yo‘ldan o‘tayotgan boshqa odamlarni payqamay qoluvchi haydovchilar e'tiborini tortuvchi maxsus svetofor tizimini o‘rnatishdi. Muhimi, bu tizim ba'zida xavfli vaziyatlarni qo‘zg‘atuvchi holatlar va mudhish yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga yordam beradi.
Niderlandiyaning Bodegraven-Reuveyk shahrida ham gadjyetlarga qaram insonlar soni ortgani sabab shahar ma'muriyati insonlar xavfsizligini ta'minlash uchun nemis tajribasini sinovdan o‘tkazdi va Plus Lightlines svetoforini o‘rnatdi.
Tizim LED chiziqchalarida klassik svetoforning ko‘chirilgan yorug‘ligini aks ettirgan bo‘lib, u yo‘lovchilar qatnov qismidagi yo‘lka chetiga o‘rnatilgan. Yorug‘lik intensivligi yetarli darajada yuqori bo‘lib, u kechasi ham, kunduzi ham yorqin ko‘rinadi.
Hozircha +Lightlines tizimi faqat bir necha maktab yaqinida o‘rnatilgan bo‘lsa ham tez orada shaharning barcha qismlariga keng tarqalishi maqsad qilingan.
Bu kabi ehtiyotkorlik choralari Avstraliyaning Sidney shahrida ham joriy etilmoqda.
Janubiy Koreya esa ancha ildamlab ketgan. U smartfon va planshetlarga haddan ortiq bog‘lanib qolgan yo‘lovchilar uchun yo‘l belgilarini joriy etmoqda.
Boshqa tomondan, muammoning bunday yechim bilan hal qilinishidan ko‘pchilik norozi bo‘lmoqda. Ular bu qarorni jamoat joylarida beparvo, mas'uliyatsiz xatti-harakatni va mobil qurilmalarga bo‘lgan qaramlikni yanada rag‘batlantiruvchi mukammal bo‘lmagan yechim, deb hisoblamoqda.