Dunyoning eng boy kishisi, mashhur biznesmen, amerikalik milliarder Bill Geyts Quartz nashriga bergan intervyusida ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilinayotgan robotlarga ham soliq solish fikrini ilgari surdi. Uning ta'kidlashicha, robotlarga ham insonlarga solinayotganidek soliq solinishi kerak.
Geytsning aytishicha, hozirda, insoniyat o‘z turmushini tobora qulayroq qilish uchun intilmoqda. Shu boisdan ham, barcha mexanik ishlarni robotlarga topshirish, insonlar ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritishi kerak, chunki faqat insonlargina hissiyotlarga egadir. Hammasi adolatli bo‘lishi uchun esa robotlar insonlar singari soliq to‘lashi kerak.