LG G6 smartfoni qayerda va qachon taqdim etilishi rasman ma'lum qilindi

Fan-texnika 12:15 / 17.02.2017 7804

Janubiy Koreyaning LG Electronics (LG) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi LG G6 smartfoni UX 6.0 foydalanish interfeysi bilan jihozlangan bo‘lib, u FullVision® displeyining barcha imkoniyatlaridan bahra olish imkonini beradi. 18:9 (2:1) nisbatidagi FullVision displeyi QHD+ (2880 x 1440 nuqta) o‘lchamli bo‘lib, 5,7 dyuymli ekran burchaklari yarim aylana shaklga ega va telefonning old qismini deyarli to‘liq qoplaydi. Yangi telefon dizayni shunday ishlanganki, zamonaviy raqamli axborotlarni ko‘rish juda qulaydir. 

FullVision tasvirning yuqori sifatini ta'minlaydi. Balandligi kengaytirilgan katta ekran Web-sahifalarni ko‘rish yoki elektron kitoblarni o‘qishda ko‘proq ma'lumotni aks ettiradi. Videoroliklar va kompyuter o‘yinlar bunday ekranda haqiqatga juda yaqin ko‘rinadi. 

Yangi interfeys FullVision ekranining barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni qulaylashtiradi. Masalan:

  • ko‘rilayotgan ma'lumotlarni (videoroliklar, Web-sahifalar) turiga ko‘ra aks ettirish formatining turli xil sozlamalari;
  • kameraning yanada yaxshilangan interfeysi 18:9 nisbatidagi ekranning butun qismini qamrab oladi, kontent olishning ajoyib usullari qo‘shilgan;
  • foydalanuvchining GUI – grafik interfeysi ekranni yonma-yon ikkiga ajratish imkonini beradi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bir necha ilovalar bilan ishlashni osonlashtiradi, pochta, messenjerlar, taqvim va boshqa ilovalarni kuzatishni yanada qulaylashtiradi. 

LG G6 — premium toifasidagi smartfon hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda, tobora ko‘proq filmlar, ilova va o‘yinlar 18:9 ekraniga moslashtirilmoqda. 

Telefon kamerasining yangi funksiyasi ham 18:9 o‘lchamli displey yordamida ta'minlangan. Endi suratga olish yanada qulay va qiziqarli. Katta ekranda bir vaqtning o‘zida yangi suratlarni olish va olinganlarini ko‘rish ham mumkin. LG UX 6.0 interfeysida Square Camera (kvadrat kamera) funksiyasi mavjud bo‘lib, u ekranni ikkita bir kvadratga bo‘ladi. Bu esa 1:1 nisbatdagi suratlar olish imkonini beradi. Bundan tashqari, suratga olishning yangi Food Mode  tartibi paydo bo‘ldi. Yana animatsiyalashgan 2tadan 100taga suratlardan GIF-fayllarni yaratish mumkin. 

«FullVision ekranli LG G6 telefonini ishlab chiqishga tajribali kinematografistlarning fikrlari turtki berdi. Ularning fikricha, 18:9 formati — eski kinolarni ham va hozirgi raqamli dunyo mahsulotlarini tomosha qilish uchun ham juda qulaydir», — deb qayd etgan LG Electronics and Mobile Communications Company prezidenti Juno Cho (Juno Cho). «Biz bu g‘oyani nafaqat yangi smartfonimizga joriy etdik, balki bu sohada yanada rivojlanib, 18:9 nisbatidagi ekrandan foydalanishning ko‘plab usullarini ishlab chiqdik. Men  LG G6 smartfonining ish samaradorligi oshganini mijozlar yuqori baholashiga ishonaman».

LG G6 18:9 nisbatidagi ekran imkoniyatlaridan eng maksimal darajada foydalanishga harakat qiladi. Endilikda, qo‘ng‘iroq oynasini aloqalar ro‘yxati yonida ochsa bo‘ladi. Suratlarni mediapleyerni sozlash chog‘ida ham ko‘rish mumkin. Bir nechta kvadrat suratlarni birlashtirish bilan kollajlarni yasash mumkin. bu hali hammasi emas. Foydalanuvchi ekranning yarmida veb-sahifani ko‘rishi, ikkinchi yarmida qaydnomalarni kiritishi mumkin. «Taqvim» ilovasida G6 gorizontal holatga o‘girilganda, uning ekranining chap tomonida taqvim, ikkinchisida uchrashuv va hodisalarning to‘liq jadvali paydo bo‘ladi. Ko‘poynali interfeysi imkoniyatlari bular bilan chegaralanmagan. 

LG G6 smartfoni 26 fevral kuni Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan  MWC 2017 ko‘rgazmasida rasman taqdim etiladi. UX 6.0 interfeysi imkoniyatlari bilan ushbu video orqali tanishish mumkin:

LG Electronics kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari, zamonaviy mobil aloqa vositalari, xo‘jalik texnikalari va innovatsiyalar sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyodagi 119 ta bo‘limida 83,000 ming kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rtta bo‘lim: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance & Air Solution va Vehicle Components’dan tashkil topgan bo‘lib, ularning jahon bo‘ylab 2015 yildagi umumiy savdosi 48.8 mlrd AQSh dollaridan iborat bo‘lgan (56.5 trln koreya voni). LG Electronics, shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, LG Electronics 2015 yilgi ENERGY STAR Partner of the Year mukofoti sovrindori hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun www.LGnewsroom.com saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: