Aliment undirish masalasi yengillashadimi? 

Jamiyat 19:42 / 17.02.2017 39245

Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tizimidagi sud ijrochilari tumanlari bo‘limida 2017 yil boshidan beri 20411tadan ortiq aliment va davriy to‘lovlar undiruvi bo‘yicha ijro hujjatlari mavjud. 2016 yil 24 sentabrdan 31 dekabr holati bo‘yicha O‘zbekiston Bosh vaziri va Prezidentining virtual qabulxonasidan kelgan murojaatlar soni 1705ni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 770tasi aliment masalasiga oid.

Aliment to‘lovi undirish sohasining samaradorligini oshirish maqsadida Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan 2016 yil 21 dekabrdagi "Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari bo‘yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan" qo‘shma qaror ishlab chiqildi. 

Bu qarorni amalga oshirish uchun Toshkent shaharning tuman hokimliklari, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari, tuman prokuraturalari, tuman IIBlari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlari, Mehnat bosh boshqarmalarining tuman bo‘limlari, Davlat soliq inspeksiyalari tuman bo‘limlari xodimlaridan iborat  ishchi guruh tashkil etildi. Ular har bir tumanda aliment qarzdorliklari bo‘yicha ijro hujjatlarining ijrosini samarali ta'minlash bilan shug‘ullanadi. 

Endilikda har bir mahalla fuqarolari yig‘inida aliment davriy to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamay yurgan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Fuqarolarga aliment masalasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish ishlari olib boriladi. O‘z farzandiga moddiy yordam bermay kelayotgan qarzdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik ishi qo‘zg‘atiladi. 

Shu o‘rinda,  ixtiyoriy ta'minot yetkazilmagan har bir holat yig‘ilishlarda doimiy muhokama qilinadi. Davlat organlari va Sud ijrochilari tomonidan  oilalarga qo‘shimcha xarajatlarni undirish bo‘yicha sudga murojaat qilishida amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: