Germaniyaning Porsche kompaniyasi o‘zining avtomobillari orasidan eng g‘aroyib tovush chiqaruvchi modellarining 5tasini tanlab oldi. Ishlab chiqaruvchi ushbu sportkarlari ishtirokidagi rolikni YouTube sahifasiga joylashtirdi.
Shunday qilib, ro‘yxatning birinchi o‘rnida 1970 yillarda ishlab chiqilgan 911 Carrera RS 2.7 sportkari bormoqda. U o‘z vaqtida cheklangan miqdorda ishlab chiqilgan. Undan so‘ng, tomi ochiq poyga mashinasi 550 Spyder joylashtirilgan.
Kuchli uchlikni zamonaviy, 500 ot kuchiga ega 911 GT3 RS kupesi yakunlaydi. Beshlikni 918 Spyder gibridi va 5,7 litr hajmga ega atmosferali V10 motori bilan jihozlangan Carrera GT superkari to‘ldiradi.