Ferrari kompaniyasi 812 Superfast nomli yangi superkarni taqdim etdi. 800 kuchli ushbu «granturizmo» F12berlinetta’ni almashtirishi rejalashtirilgan. Bu kam nusxada chiqarilgan gibridli LaFerrari’dan so‘ng markaning eng kuchli seriyali modelidir.
Yangi mashina 6,5 litrli o‘n ikki tsilindli dvigatelga ega bo‘lib, u F12berlinetta’ning yaxshilangan nusxasi - F12tdf’dan 20 ot kuchiga kuchliroq. Maksimal kuchga esa daqiqasiga 8500 aylanish davomida yetiladi. Motor ikkita robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi.
Orqa uzatmali superkar “yuzga” 2,9 soniyada yetadi. Maksimal tezlik esa soatiga 340 kilometrni tashkil etadi. Ferrari 812 Superfast’ning dinamik jihatlari F12tdf bilan bir xilda. Shu bilan bir qatorda, yangilik 110 kilogrammga og‘irroq bo‘lib, 1525 kilogrammga teng.
Kupe to‘la boshqariluvchi shassi, faol aerodinamika, Side Slip Control tizimi va butunlay nur diodli faralarga ega. Bundan tashqari, mashina rul boshqaruvining elektr kuchaytirgichiga ega bo‘lgan birinchi Ferrari bo‘ladi.
Model Jyenevada mart oyida tashkillashtirladigan motorshouda keng ommaga taqdim etiladi.