Yaqin orada Apple TV, Amazon Fire TV va Samsung Smart TV uchun videokontent ko‘rishga mo‘ljallangan ilova taqdim etiladi. Reuters shu haqida xabar berdi.
Shuningdek kompaniya yana bir necha yangiliklar haqida e'lon qildi. Masalan, Facebook mobil ilovalaridagi videoroliklar endi avtomatik ravishda ovoz bilan ishga tushiriladi.
Video "suratda surat" funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, ya'ni foydalanuvchi uni ko‘rish bilan bir qatorda yangiliklar lentasini ko‘zdan kechirishi mumkin bo‘ladi.
The Wall Street Journal nashrida ta'kidlanishicha, Facebook'ning videoga bo‘lgan qiziqishi reklama beruvchilar diqqatini jalb qilishga qaratilgan.
Reuters esa Facebook Live'ni "an'anaviy televideniyega salohiyatli tahdid" deya baholadi.