YouTube’da soatiga 64 kilometr tezlikda harakatlanib turib orqa uzatmani ishga solish nima bo‘lishi tasvirlangan rolik taqdim etildi. Videoda tajriba mexanik uzatmalar qutisiga ega eski Ford Ranger’da o‘tkazilganini ko‘rish mumkin.
Bunga qadar esa shunday o‘ziga xos tajriba AutoVlog kanali muallifi tomonidan ham o‘tkazilgandi. U o‘zining avtomat qutiga ega Ford Fusion’ida soatiga 113 kilometr tezlikda selektorni «R» holatiga o‘tkazgan. Elektron qurilmalarda orqaga yurishning imkoni bo‘lmadi – faqatgina orqa ko‘rinish kamerasi ishlay boshladi, xolos.