Yelizaveta II tvitter akkaunti yuritilishi uchun yiliga 30 ming funt to‘laydi

Buyuk Britaniya qirolichasi saytida yangi xodimlar qidirilayotgani haqida e'lon joylashtirildi.
The Sun tabloidida yozilishicha, qirolicha "ilg‘or va harakatchan jamoaga qo‘shilish"ni taklif etgan va yangi mutaxassis bu jamoada o‘sishga erishishiga va'da qilgan.
Qirolichaning tvitterdagi mikroblogini yuritishi, uning tashriflari tafsilotlarini joylashtirib borishi, u ishtirok etgan turli marosimlar, qirollik xonadoniga oid ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda post qilib tarqatishi, shuningdek, Facebook va YouTube’da videolarni joylashtirishi kerak bo‘ladi.
Xodimga yiliga 30 ming funt to‘lanishi aytilgan.
Ayni vaqtda Yelizaveta II’ning tvitterdagi akkauntida (@RoyalFamily) 2,77 mln follover to‘plangan.
Mavzuga oid

14:06 / 14.11.2022
Mastodon nima? U Twitter’ning o‘rnini egallaydimi?

19:06 / 18.02.2022
Toliblar qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining tvitterdagi akkaunti soxtaligi ma’lum qilindi

14:29 / 12.01.2020
Yaponiyalik magnat pullar qanchalik baxt keltirishini bilish maqsadida 9 mln dollar tarqatmoqchi

21:30 / 12.06.2019