«Barselona» futbolchilari va Luis Enrike o‘rtasida yangi muammo paydo bo‘ldi

«Barselona» futbolchilari YeChLning 1/8 final bosqichi doirasida «PSJ»ga qarshi o‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikega bo‘lgan ishonchni butunlay yo‘qotishdi. Bu haqda Cadena CORe xabar tarqatdi.
Bundan tashqari, «ko‘k-anorranglilar» futbolchilari mavsum yakunida Luis Enrike o‘z lavozimini tark etishiga ishonchi komil bo‘lib turishibdi. Ular hozirgi holatda murabbiy vaziyatni o‘zgartira olmaydi, deb hisoblashmoqda.
«Barselona» «PSJ»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kataloniyaliklar bu bahsni har tomonlama imkoniyatni boy berishdi. Buni jamoaning o‘zi ham tan oldi. Javob uchrashuvi 8 mart kuni bo‘lib o‘tishi lozim.
Luis Enrikening «Barselona» bilan shartnomasi 2017 yilning yozida yakuniga yetadi. Avvalroq, u aprel oyigacha o‘zining kelajagi borasida bir qarorga kelmasligini ta'kidlagandi. Klub rahbariyati esa murabbiy bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekani bildirgan.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025