Apple barmoq izlarini ilg‘aydigan ekranga patent oldi

Fan-texnika 14:41 / 15.02.2017 6619

Apple kompaniyasi barmoq izlarini olishga qodir bo‘lgan ekranga patent oldi. Bu haqda AppleInsider xabar tarqatdi.

AQSh patentlar va savdo belgilari bo‘yicha byurosi “olmali” korporatsiyaning murojaatini “infraqizil diodlarga ega interaktiv displey” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Texnologiyaga Apple 2014 yilda xarid qilgan LuxVue ishlanmalari asos qilib olindi.

Nashrning taxminicha, yangilik kompaniyaning navbatdagi smartfoni - iPhone 8’da ishlatilishi mumkin. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, u katta displeyga bo‘lib, Home tugmachalarisiz chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: