«UMS» MChJga yangi bosh direktor va texnik direktor tayinlandi

Fan-texnika 13:52 / 14.02.2017 21154

«UMS» mas'uliyati cheklangan jamiyati (MChJ)ga yangi bosh direktor va texnik direktor tayinlandi

UMS'ning yangi bosh direktori etib Faxriddinov Sirojiddin Sayfiddinovich tayinlandi. 

Faxriddinov Sirojiddin - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti bitiruvchisi (1978-1983 yillar), mutaxassisligi bo‘yicha - aloqa muhandisi. «UMS» MChJ bosh direktori etib tayinlangunga qadar «O‘zbektelekom» AK tarkibiga kiruvchi, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi, aloqa va telekommunikatsiya tizimlarida foydalanishga mo‘ljallangan elektron-texnik mahsulotlarini mamlakatimizda tadqiq qilish, loyihalashtirish hamda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona – "TELMAX ELECTRONIKS" MChJda rahbar sifatida faoliyat yuritgan. Undan avval esa «Koinot» OAJni boshqargan. Oilali, uch qizning otasi va to‘rt nabiraning bobosi. 

«UMS» MChJ texnik direktori etib Oripov Sobir Hamidullayevich tayinlandi. 

Oripov Sobir Toshkent elektrotexnika aloqa institutini "Telekommunikatsiyalar" mutaxassisligi bo‘yicha tugallagan (1996-2002 yillar). «UMS» MChJga qadar «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Turli yillarda kompaniyaning biznes-rejalashtirish bo‘limini boshqargan. Oilali, ikki o‘g‘il va bir qizning otasi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: