Loyihaning rasmiy nomi – «Tik yoki o‘ta qisqa uchuvchi va qo‘nuvchi qurilmani namoyish etuvchi» deb nomlangan. Aslida, mutaxassislardan uchar yo‘ltanlamasni ishlab chiqishlarini kutishmoqda. Qurilma mavsumiy va yil bo‘yi yo‘llar mavjud bo‘lmagan, aviatsiya infratuzilmalari yaxshi rivojlanmagan hududlarga yuklar va yo‘lovchilarni tashishda qo‘llaniladi.
“Bizga boshqariluvchi va ancha-muncha arzon «uchuvchi avtomobil» kerak. Gap to‘laqonli uchar qurilma haqida, ammo bir jihatdan avtomobil ham bo‘lgan texnika kerak”, - deydi loyiha yetakchi maslahatchisi Yan Chibisov. Uning qayd etishicha, loyihaning asosiy vazifasi uchuvchi va haydovchi o‘rtasidagi farqqa barham berishdir.
«Rossiya muhandislar ittifoqi» birinchi vitse-prezidenti Ivan Andriyevskiyning yodga olishicha, Airbus va Uber kabi yirik kompaniyalar ham uchar avtomobillar ustida bosh qotirmoqda. Google asoschilaridan biri bu sohaga qiziqish bildirmoqda. Boshqa mamlakatlarda uchar avtomashinalar yaratish bo‘yicha turli startaplar – Slovakiyada AeroMobil, Isroilda Urban Aeronautics, Xitoyda EHang va Germaniyada Carplane kabilar mavjud.
Misol uchun, AeroMobil shu yilning o‘zidayoq uchar avtomobillarni sotishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. AeroMobil 3.0 xaridorga 200 ming yevroga tushadi. Uncha katta bo‘lmagan samolyot ham shu atrofda turishini hisobga olsak, AeroMobil 3.0 qurilmasining foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lishi aniq. Bitta salbiy tomoni, bu avtomobil havoga ko‘tarilishi uchun 200-310 metrlar masofada tezlashishi talab etiladi.