Buyuk Britaniyadagi British Motor Heritage kompaniyasi birinchi avlod MINI avtomobillari uchun yangi kuzovlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqarish aprel oyidan boshlanadi.
Dastlab 15 dona kuzov ishlab chiqiladi. Uning har biri 9950 funt sterling (12,5 AQSh dollariga yaqin) turadi. Buyurtmalar 25 foizlik to‘lov amalga oshirilgach, yasaladi.
Xabarlarga ko‘ra, birinchi MINI avtomobillarining oldi qismi tagida, qanotlarining ichki tomonida hamda orqa podramnikda zanglash ko‘proq kuzatiladi. Bundan tashqari, modelning kuzovi keyingi avlod namunalaridan sezilarli farqlanadi.
1975 yilda asos solingan British Motor Heritage kompaniyasi o‘zi tashkil etilgan vaqtdan beri klassik Britaniya avtomobillari uchun 6 mingga yaqin kuzov ishlab chiqdi. Kompaniya nafaqat MINI uchun, balki MG, Triumph va Austin Healey modellariga ham kuzovlar ishlab chiqaradi.