“O‘lmaydigan” akkumulyator yaratildi

Fan-texnika 18:41 / 13.02.2017 16180

AQShning Massachusets shtatida joylashgan Tafts universiteti olimi Mayk Tsimmerman yetkazilgan mexanik zararlardan yonib ketmaydigan batareyani loyihalashtirdi.

Maykning yangi akkumulyatori zarbalar, korpusning qizib ketishi va zarar yetishidan qo‘rqmaydi, uni hattoki qaychi bilan maydalab ko‘rish ham mumkin - u bu vaqtda yonib ketmaydi hamda ishlashda davom etadi.

None animated GIF

“Xavfsiz” batareyada odatiy elektrolit va separatorning o‘rniga maxsus plastik polimer ishlatiladi va u akkumulyatorga yonib ketishga imkonini bermaydi. Maykning ta'kidlashicha, quvvatning yangi manbasini ishlab chiqish – litiy-ionli akkumulyatorlarni chiqarishga qaraganda ancha arzonroq texnologik jarayon hisoblanadi.

Biroq ushbu ishlanma barqarorlik va ishlash bo‘yicha uzoq muddatli jarayondan o‘tishi lozim. Shuningdek, bunday texnologiyaning yuqori sig‘imli akkumulyatorlarda qanday ishlashi ham so‘roq ostida. Hozircha namuna kichik plastina ko‘rinishida, xolos.

Ko‘proq yangiliklar: