Nissan yolg‘on ma'lumotlar beruvchi qurilmalarni qo‘llaganlikda ayblandi

Fan-texnika 20:05 / 13.02.2017 5527

Janubiy Koreya sudi Yaponiyaning Nissan avtomobilsozlik kompaniyasini Qashqai krossoverini sertifikatlashda yolg‘on ma'lumotlar beruvchi qurilmalarni qo‘llaganlikda aybladi.

Seul ma'muriy sudi 2016 yilda Janubiy Koreya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi tomonidan Nissan ustidan berilgan da'vo arizasi bo‘yicha hukm chiqardi, deb xabar bermoqda Automotive News.

Sud Nissan Qashqai modelini sertifakatlashda mashina tashqariga chiqaruvchi gazlarda azot oksidi darajasini pasaytiruvchi qurilma qo‘llaganini tan oldi. Sud sertifikatlovchi hujjatlar noqonuniy yo‘llar bilan olingani haqida qaror chiqardi. Nissan buni rad etmoqda va o‘zining haqligini isbotlamoqchi. 

2015 yilda xuddi shunday mojaro AQShda Germaniyaning Volkswagen konserni avtomobillari bilan yuz bergan. "Dizelgeyt" deb nom olgan mojaro nemis konserniga ko‘p milliard dollarlik ziyonlar keltirgan va hanuzgacha oxirigacha hal qilinmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: