Niderlandiyada uchar avtomobillarga buyurtma olina boshlandi

Fan-texnika 19:26 / 13.02.2017 7469

Niderlandiyaning PAL-V firmasi o‘zi ishlab chiqargan ikkita uchar mashina modellarini ommaviy ravishda sota boshladi.

Gollandiyaliklar uchar avtomobillar ustidagi ishlarni 2009 yildan beri olib borishgan va 2012 yilda bu antiqa avtomobilning ilk prototipi tayyor bo‘lgan. Firma 2017 yildan seriyali ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan Liberty Pioneer va Liberty Sport nomli modellariga buyurtmalar olishni boshladi.

Avtomobilni yaratganlarning aytishicha, ularning mahsuloti bunday texnikaga qo‘yiladigan barcha xavfsizlik talablariga muvofiq keladi. Ilk uchar avtomobillar o‘z egalariga 2018 yil oxirida yetkaziladi. Bungacha avtomobillar to‘laqonli foydalanish uchun to‘liq sertifikatlashtiriladi.  

Firma bosh direktori Robert Dingemans o‘z mahsuloti uchun asosiy bozorlar sifatida Shimoliy Amerikani e'tirof etdi. Bu mashinaga AQSh, Kanada, Meksika va Bermud orollaridan buyurtmalar olingan.

Ko‘proq yangiliklar: