Ford virtual haydovchi startapiga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Fan-texnika 17:27 / 13.02.2017 4042

Amerikanning Ford Motor avtomobil ishlab chiqaruvchisi Argo AI startapiga 1 mlrd dollar miqdorida sarmoya kiritadi. U muqobil (haydovchisiz harakatlana oladigan) avtomobillar uchun «virtual haydovchilar» ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu loyiha bilan Google va Uber kompaniyalarining sobiq xodimlari shug‘ullanmoqda, deyiladi avtokonsern xabarida. 

Argo AI bu mablag‘ni 5 yil mobaynida bosqichma-bosqich oladi. Tomonlar 2021 yilga kelib Argo AI texnologiyasi qo‘llaniladigan Ford avtomobilini taqdim etishni rejalashtirgan. 

Argo AI Ford kompaniyasiga sho‘'ba korxonasi sifatida qo‘shiladi. Biroq, u o‘z jamoasi va mustaqilligini saqlab qoladi, deyiladi xabarda. 2017 yilda startap 200 nafargacha xodimni yollamoqchi ekani aytilmoqda. 

Argo AI startapiga 2016 yilda Uber kompaniyasining sobiq xodimi Piter Render va Brayn Seylski tomonidan asos solingan. Seylski Google kompaniyasining muqobil avtomobil loyihasi ustida ishlagan edi. 

Center for Automotive Research tahlilchisi Erik Pol Dennisning so‘zlariga ko‘ra, u Ford kompaniyasi bilan hamkorligi e'lon qilinishidan avval, Argo AI xususida eshitmagan, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. 

Mashable portalining yozishicha, Ford kompaniyasining bu harakati ushbu yo‘nalishni rivojlantirayotgan Tesla, Uber, Waymo va boshqa kompaniyalar qatorida qolishga urinishidir. 

Ko‘proq yangiliklar: