O‘zi avtomatik bog‘lanuvchi Nike HyperAdapt krossovkalari ichida nima bor?

Fan-texnika 10:09 / 11.02.2017 13469

MindTribe ekspertlari avtomatik bog‘ichli Nike HyperAdapt krossovkalari qanday qismlardan iborat ekanligini tekshirishga qaror qilishdi. Bu jaryonni ular suratga olishdi va saytga joylashdi. 

AQShda ushbu krossovkalar cheklangan tirajda chiqarildi va 700 dollarga baholandi. 

Ekspertlar noodatiy oyoq kiyimning bog‘ichlari maxsus  Flywire nomi ostidagi toladan iborat ekanligini aytishdi. Ular bog‘ich mustahkamligini ta'minlab beradi. Bog‘lash kichik motor yordamida amalga oshiriladi. 

Bir necha platalar taglik ostida joylashgan. Dvigatel va akkumulyator ham poshnada joylashgan. Tovon va til qismida bosim datchiklari bo‘lib, ular poyabzal kiyilishini ta'minlab, keraklicha bog‘lanishni qulay tarzda amalga oshiradi.

Tugmalar plastik elastomerlar bilan qoplangan. Bloklarda birlashgan RGB LED chiroqlari yorug‘likni ta'minlab beradi. 

Tizim ARM Cortex M4 mobil protsessori yordamida boshqariladi. Nike HyperAdapt 630 mAs sig‘imga ega litiy-polimerli  akkumulyator orqali ishlaydi.  

Inson poyabzalni kiyganida tovondagi bosim datchigidan protsessorga signal boradi.  Keyin esa bog‘ichlarni taqadigan motor ishga tushadi. U kerakli bosimga erishish uchun parallel tarzdayoq kiyim tilida sensorlar bilan o‘zaro ishlashni boshlaydi. 

Krossovkalar, shuningdek, simsiz quvvatlanish moduliga ham ega. Analogik quvvatlash maydoni dumaloq zaryadlash qurilmasida ham mavjud. 

 

Ko‘proq yangiliklar: