Internetda Xitoyning Landwind avtomobilsozlik kompaniyasining yangi krossoveriga doir suratlar paydo bo‘ldi. Qiziqarli tomoni zavodda E36 shartli belgisi bilan ifodalangan yo‘ltanlamas tashqi ko‘rinishi Lada Xray uslubida ishlangan. Yangi model suratlarini bir necha nashr, jumladan, Noticas Automotivas e'lon qildi.
Xitoy krossoveri Rossiya modelining deyarli old qismini to‘liq ko‘chirgan. Gap old yoritqich chiroqlar, old bamperlariga xos elementlar hamda radiator qafasi haqida bormoqda.
Ammo Landwind krossoverining yon tomonlariga “Lada” modelidagi singari X-shaklda ishlov berilmagan.
Landwind E36 yo‘ltanlamasiga atmosferali 1.6 va 1,5 litrli kuchaytirilgan agregatdan biri o‘rnatiladi. Krossover mexanik yoki ikki siquvchiga ega avtomatik uzatmalar qutisi bilan ishlab chiqariladi.
Aytish joizki, Landwind boshqa modellar dizayni ko‘chirishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2014 yilda avtomobil ishlab chiqaruvchisi X7 krossoverini ishlab chiqqan, u Range Rover Evoque yo‘ltanlamasining ayni nusxasi edi.