Britaniya temir yo‘llari yuqori texnologiyalar yordamida kuchaytiriladi

Fan-texnika 11:39 / 11.02.2017 4315

Insoniyat qachongacha fazoga parvoz qilish bilan kun kechiradi, axir yerdagi transport vositalarini ham unutmaslik darkor. Masalan, temir yo‘llar haqida qayg‘urish lozim. Buyuk Britaniyaning temir yo‘l kompaniyalari assotsiatsiyasi Rail Delivery Group rahbariyati, ushbu soha yuqori darajada texnologik bo‘lishi kerak va bu borada muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim, degan to‘xtamga keldi. Poyezd – albatta, fazoviy kema emas, ammo bu yo‘lovchilarga qator qulayliklarni taqdim etmaslikka bahona bo‘la olmaydi.  

Birinchi o‘zgarish chiptalar tizimida o‘tkaziladi. An'anaviy qog‘ozli chiptalarni elektron namunalarga almashtirish rejalashtirilgan. Ularni Bluetooth  va maxsus ilova yordamida aniqlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron chiptalarni yo‘lovchilarning biometrik pasportlari ko‘rsatkichlariga kiritib qo‘yish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Poyezdlarning barchasi simsiz tarmoqlar vositasida yagona tizimga birlashadi. Bu esa, ularning o‘zaro manziliga doir ma'lumotlarni ulashish imkonini beradi. 

O‘zgarishlar nafaqat temir yo‘llarning elektron jihatiga qaratiladi. Qulaylik va samaradorlik xususida ham hech kim unutgani yo‘q. O‘rindiqlarning yangi namunasi ularning sonini 20-30 foizga oshiradi. Shu bilan birga, tig‘iz vaqtlarda tiqilinchlarning oldini olish uchun 20 foiz vagon hududini bo‘shatadi. Agar assotsiatsiya tomonidan taqdim qilingan loyiha hayotga tatbiq etilsa, yaqin kelajakda Britaniya poyezdlarida ko‘zni skan qilish  yoki barmoq izini olish bilan chiptalarni tekshirayotganiga guvoh bo‘lsak ajab emas. 

Ko‘proq yangiliklar: