Yaponiyalik olimlar dron-asalarini taqdim etishdi

Fan-texnika 19:08 / 10.02.2017 9650

Yaponiyada kichik kvadrokopter yaratildi. U gullarga ularga zarar yetkazmay qo‘na olishi mumkin. Dron changni o‘simlikdan o‘simlikka olib o‘tadi va bu ishni tirik asalari bilan bir xilda bajaradi. Yangi uskuna Chem jurnalida e'lon qilingan maqolada taqdim etilgan.

Changlatuvchi hasharotlar – birinchi navbatda asalarilar yordamiga – ko‘plab gulli o‘simliklar, aksariya qishloq xo‘jalik ekinlari muhtojdir. Biroq bugun asalarilar o‘z boshidan og‘ir davrni kechirmoqda. Ularning soni keskin pasayib bormoqda, bu esa changlatish bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Yaponiyaning AIST ilmiy-texnologik institutilik Eidziro Miyako boshchiligidagi jamoa shu ishni robotlar yordamida amalga oshirishni rejalashtirgan.

Olimlar laboratoriya tadqiqotlari davomida dron yordamida bir necha o‘simliklarni changlatishga muvaffaq bo‘lishdi. 15 gramm og‘irlikka ega bo‘lgan uskuna gulga uning nozik qismlariga zarar keltirmagan holda o‘tirgan. Olimlar bunday sun'iy changlatuvchining avtonomlik darajasini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

G‘oyaga ko‘ra, kichik videokameralar va GPS navigatorlar bilan bir tarmoqqa birlashtirilgan bunday kvadrokopterlar o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishi va ko‘plab o‘simliklarni avtomatik ravishda changlatishi mumkin. "Umid qilamizki, bu asalarilar sonining qisqarib borishi bilan bog‘liq muammoni hal etishda yordam beradi. Biroq arilar va dronlarni qo‘shma ishlatish juda muhimdir", - deya aytib o‘tgan Eidziro Miyako.

Ko‘proq yangiliklar: