Rossiyalik muhandis Maksim Lyashko mahalliy bozordagi vaziyatni o‘zgartirishga qaror qildi va nisbatan arzon, sifatli bionik qo‘l prototipini yaratdi. Bu haqida 24gadget.ru saytida xabar berildi.
Roboqo‘l detalining bir qismi 3D-printerda bosilgan va tashqi ko‘rinishidan "Temir odam" filmidagi kostyum elementini yodga soladi.
Bionik qo‘l tashqi quvvat manbaida ishlaydi va bir qator datchiklar yordamida boshqariladi. O‘zi ham qo‘lidan judo bo‘lgan Maksim Lyashkoning kashfiyoti Rossiya bozoriga qachon chiqishiga doir ma'lumotlar hozircha yo‘q.